Главная » 2020 » Март » 24 » Koronavirusning qanday paydo bo‘lgani haqida yangi faktlar yuzaga chiqdi
09:43

Koronavirusning qanday paydo bo‘lgani haqida yangi faktlar yuzaga chiqdi


Olimlar koronavirusning sun’iy kelib chiqishini tasdiqlovchi yangi tafsilotlar haqida xabar berdi. Bu haqda "Izvestiya" nashri yozmoqda.

Bir qancha vaqt oldin AQSH patogenlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tadqiqotlarga vaqtincha moratoriy kiritgan edi. Ammo, shunga qaramay, tadqiqotlar davom etaverdi. Shundan kelib chiqib hukumat ayrim tadqiqotlarni davom ettirishga ruxsat berdi. Xususan, MERS va SARS gripp viruslarini o‘rganishga bo‘lgan taqiqlov olib tashlandi. Bundan tashqari, sun’iy yaratilgan koronavirus metodlari AQSHning ikki tomonlama tadqiqotlar qo‘mitasi (Dual Use Research of Concern committee) tomonidan tasdiqlandi.

Nashrning yozishicha, 2015 yil ushbu tadqiqotda Xitoyning Uxan virusologiya instituti olimlari ham ishtirok etdi. Xuddi shu yili "Nature Medicine" jurnali koronavirusning gibrid versiyasini yaratish uchun 15 nafar olim tomonidan imzolangan xavfli tajriba to‘g‘risidagi materialni nashr etdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bir guruh odamlar sun’iy patogenni yaratdi va uning yuqish imkoniyatlarini ko‘rshapalak va odamning o‘pka epitelial hujayralarida sinab ko‘rishdi. Virusni yaratuvchilar bu bilan SARS’ga o‘xshash viruslar tufayli paydo bo‘ladigan kasalliklarni o‘rganib chiqishdi. Ehtimol, bu tajribadan maqsad patogenning qayta paydo bo‘lish xavfining oldini olish bo‘lgandir, deb yozadi nashr.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя