Главная » 2020 » Март » 21 » Koronavirusning yana bir alomati aniqlandi
22:23

Koronavirusning yana bir alomati aniqlandi


Koronavirusga chalingan insonlarda ovqat ta’mini bilish va hid ajratish xususiyati yo‘qolar ekan. Bunday xulosaga Britaniya Otorinolaringologiya Assotsiatsiyasi (ENT UK) olimlari kelishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu koronavirusga chalingan, ammo uning alomatlari kuzatilmagan bemorlarni aniqlashda qo‘l keladi.

“Bunga Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarda tasdiqlangan faktlar ham misol bo‘la oladi. Ularda giposmiya/anosmiyaning (hid bilish hissining kamayishi/yo‘qolishi) rivojlangan. Germaniyada har uch bemorning ikki nafarida anosmiya kuzatilgan. Janubiy Koreyada esa infeksiyaga yengil ko‘rinishda chalinganlarning 30 foizida asosiy alomat anosmiya bo‘lgan”, deyiladi ENT UK ma’lumotida. 

Assotsiatsiya mutaxassislarining ta’kidlashicha, hid bilish hissining umuman yo‘qolishi har qanday koronavirus infeksiyasi yoki 200 dan ortiq ma’lum viruslardan biriga chalingan taqdirda ham 10-15 foiz hollarda uchraydi. Biroq koronavirus pandemiyasi butun dunyoga yoyilgani hisobga olinadigan bo‘lsa, ushbu alomatni COVID-19’ning boshqa simptomlari kuzatilmagan odamlarda tekshirib ko‘rish foydadan holi emas.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя