Главная » 2020 » Май » 1 » Koronavirusning yangi belgisi aniqlandi
23:20

Koronavirusning yangi belgisi aniqlandi


Kommunarkada shifoxona bosh shifokori Denis Protsenko koronavirusning yangi alomatini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirganlarning aksar qismida qorin va qo‘llarida toshma qayd etilgan. Bu haqda 1-may, juma kuni «Govorit Moskva» radiostansiyasining saytida xabar berildi.

Protsenko, shuningdek, o‘z-o‘zini izolyasiya qilishning muhimligini yana bor eslatib qo‘ygan. Aks holda may oyidagi bayramlar «kasallikning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin».

1-may holatiga ko‘ra, Rossiyaning 85 ta hududida 114 431 ta koronavirus holati qayd etilgan. Epidemiya davrida 1169 kishi vafot etdi, 13 220 kishi tuzaldi.

Jons Xopkins universitetining ma’lum qilishicha (1-may, 22:00), dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 3 276 373 kishiga yetdi. Pandemiya boshlangandan beri 233 998 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 1 024 529 kishi sog‘aygan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, yangi belgisi, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя