Главная » 2020 » Декабрь » 24 » Koronavirusning yangi shtammini ham yo‘q qila oladigan vaksina aniqlandi
11:07

Koronavirusning yangi shtammini ham yo‘q qila oladigan vaksina aniqlandi


Amerikaning Moderna kompaniyasi rahbariyati ular tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning mutatsiyaga uchragan variantidan ham himoya qila oladi, deb hisoblamoqda. Tegishli bayonot kecha, 23 dekabr kuni kompaniya veb-saytida e’lon qilingan.

“Biz allaqachon koronavirusga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlangan hayvonlar va odamlardan olingan qon plazmasida pandemiya boshlanganidan keyin topilgan SARS-CoV-2 virusining bir nechta variantlariga qarshi immunitet uchun tadqiqot o‘tkazdik”, deyiladi hujjatda. 

Xabarga ko‘ra, ushbu ma’lumotlarga asoslanib, Moderna o‘zi yaratgan koronavirus vaksinasidan hosil bo‘lgan immunitet yaqinda Buyuk Britaniyada aniqlangan SARS-CoV-2 yangi shtammidan ham himoya qila olishini kutmoqda.

Moderna ishlab chiqaradigan preparat o‘tgan juma, 18 dekabr kuni Qo‘shma Shtatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan. Bir necha kun oldin Germaniyaning BioNTech kompaniyasi va uning amerikalik hamkori Pfizer tomonidan yaratilgan vaksina ham shular qatori ma’qullangan.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlanganidan so‘ng, 20 dan ortiq davlat ushbu mamlakat bilan transport aloqalarini to‘xtatdi. Yo‘lovchi tashishni taqiqlash qaysidir davlatda yil oxirigacha, qayerdadir yanvar oxirigacha amal qiladi. Buyuk Britaniyaning o‘zida karantin cheklovlari maksimal darajaga ko‘tarildi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, vaksina, shtammini, koronavirusning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя