Главная » 2020 » Октябрь » 29 » Koronavirusning yangi turi aniqlandi. U tez tarqalmoqda
22:42

Koronavirusning yangi turi aniqlandi. U tez tarqalmoqda


Shveysariyalik va ispaniyalik olimlar joriy yilning yoz faslida Ispaniya qirolligida paydo bo‘lgan va Yevropada jadal suratlarda tarqalayotgan koronavirusning yangi turini aniqladilar. Bu haqda Bazel universitetining saytida ma’lum qilingan.

Koronavirusning yangi turiga 20A. EU1 nomi berildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, yangi virus birinchi marta qishloq xo‘jaligi ishchilaridan birida aniqlangan. Olimlarning fikriga ko‘ra, COVID-19ning mutasiyaga uchragan yangi turi 20 iyuldan boshlab Yevropa chegaralari ochilganidan so‘ng, sayyohlar orqali tarqalishni boshlagan. Bugungi kunga kelib ushbu virus Yevropaning 12 ta mamlakatida hamda Gonkong va Yangi Zelandiyada aniqlangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, yangi turi, tez, tarqalmoqda, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя