Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » Koronavirusning yengil shakli dorilarsiz o‘tib ketishi mumkinmi?
17:28

Koronavirusning yengil shakli dorilarsiz o‘tib ketishi mumkinmi?


Koronavirusning yengil darajasini organizmning o‘zi yengishi mumkin. Virusning yengil darajasida hech qanday antibiotiklar buyurilmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi

“Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, bemor bilan muloqotda bo‘lgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya’ni yengil darajada o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan bo‘ladi”, deydi Sevara Ubaydullayeva.  

Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshqa kuchli dori vositalarisiz yengishi mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimini qo‘llab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi. 

Shuningdek bemorlar:
•  tomoqni tez-tez turli eritmalarda kuniga 8 marta chayib turish;
•  kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;
•  sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bo‘lishi;
•  S vitaminiga boy mahsulotlar limon, na’matak, malina choylarni ichish, bulg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste’mol qilish;
•  shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘tib ketishi, koronavirusning, mumkinmi, yengil shakli, dorilarsiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя