Главная » 2020 » Март » 20 » Koronavirusning yengil shakli qancha vaqt davom etadi?
20:14

Koronavirusning yengil shakli qancha vaqt davom etadi?


COVID-19 ning yengil shakli bilan og‘rigan bemorlar alomatlar boshlanganidan ikki hafta o‘tgach sog‘ayadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

“Amalga oshirilayotgan izlanishlarga ko‘ra, kasallikning yengil shakliga chalingan bemorlar tuzlishi uchun 2 hafta talab qilinadi”, dedi u.

JSST vakilining aytishicha, bemor tuzalganidan so‘ng undan 24 soat ichida 2 marta qon tahlili olinadi. Ikki tahlil natijalari qoniqarli bo‘lsagina bemorga javob beriladi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, hozirda dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 146 986 nafari kasallikning yengil shaklini o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarning ahvoli haqida xabar qilingan edi. Xabarda aytilishicha, kasallikka chalingan ilk bemorlarning ahvoli o‘rtacha va ular sog‘ayib borishmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 254 701 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 10 447 kishi vafot etgan. Bemorlardan 7 466 nafari yoki 5 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 89 071 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя