Главная » 2020 » Октябрь » 2 » Koronavirusning yuqumliligi sababi aniqlandi
09:00

Koronavirusning yuqumliligi sababi aniqlandi


Koronavirus SARS-CoV-2’ning oqsil “tojlari” organizmga kirish uchun 10 ta turli shaklga aylana oladi. Buni britaniyalik olimlar tadqiqot davomida aniqlashdi.

Frensis Krik instituti olimlari guruhi laboratoriya tajribasi o‘tkazib, virus “tojlari” hujayralarga mahkam birikish uchun turli shakllarga kirishi mumkinligini aniqlashdi.

“Grippning ham, OIVning ham bunday murakkab kirish mexanizmi yo‘q”, deb aytilgan tadqiqotda. 

Koronavirusning tojlari laboratoriya sharoitlarida turli shakllarga juda tez – 60 soniyada kira olgan. Biroq real sharoitlarda unga buning uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

Olimlarning fikricha, koronavirus o‘zini antitanalar tomonidan aniqlanishdan himoyalash uchun shunday transformatsiya qiladi.

Olimlarning ta'kidlashicha, bu tadqiqot virusning bunchalik yuqumli ekani va unga qarshi qanday kurashish kerakligini tushunishda yordam beradi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuqumliligi, koronavirusning, aniqlandi, sababi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя