Главная » 2020 » Апрель » 23 » Koronavirussiz hudud! JSST missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurmoqchi
22:15

Koronavirussiz hudud! JSST missiyasi Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurmoqchi


Jahon sog‘liq saqlash tashkiloti missiyasi kelgusi haftada Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Bu haqda JSSTning Yevropadagi hududiy byurosi mintaqaviy direktori Hans Klyuge ta’kidlagan, deb yozadi «Kommersant’».

O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan bu ikki davlat Jons Hopkins universiteti xaritasida oq rangga bo‘yalgan. Markaziy Osiyoning qolgan uch davlati — O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda COVID-19 yuqtirib olish holatlari qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston hukumati esa o‘z hududlarida koronavirus yuqtirganlik holati aniqlanmaganini ta’kidlab kelmoqda.

G‘arbdagilar axborotni yashirish holati yuz berayotgan bo‘lishi mumkinligini ochiqchasiga aytishmoqda. Tojik va turkman rasmiylarining ma’lumotlariga Rossiyada ham bir qadar shubha bilan qaramoqda, lekin ochiq baholashga botinolmayapti.

JSSTning Markaziy Osiyodagi vakillari koronavirus infeksiyasini aniqlab beruvchi testlarning shubhali natijalarini qayta tekshirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar borligini tan oladi, lekin mahalliy hokimiyatlarni ochiqchasiga tanqid ostiga olishdan biroz tiyilishmoqda.

JSST ekspertlik missiyasi esa har ikki davlatga tashrifi yakunlari bo‘yicha ochiq brifing o‘tkazadi hamda mintaqadagi vaziyatga bergan baholarini e’lon qiladi.

Avvalroq Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligini ma'lum qilgan edi.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi va BMTning Tojikistondagi vakili ham mamlakatda virusdan zararlanish holatlari yo‘qligini tasdiqlangan edi. Biroq mamlakat infeksiya tarqalishining oldini olishga doir bir qator choralar ko‘rgan. Jumladan, masjidlarda ibodat qilishga cheklov kiritilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, Koronavirussiz hudud, Turkmanistonga, Tojikiston, missiyasi, tashrif buyurmoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя