Главная » 2020 » Март » 31 » Kosmonavtlarga ham qo‘l berib salomlashish taqiqlandi
13:58

Kosmonavtlarga ham qo‘l berib salomlashish taqiqlandi


2020 yilning 9 aprel kuni Xalqaro kosmik stansiyasiga (XKS) uchadigan kosmonavtlarga koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘l berib yoki quchoqlab salomlashish taqiqlandi. Bu haqda kosmonavtlarni tayyorlash markazining epidemiologi Sergey Savin ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, rossiyalik kosmonavtlar Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner, shuningdek, amerikalik Kristofer Kassidi XKSga uchadi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kosmonavtlarga qo‘l berish va quchoqlashish taqiqlangan. Bundan tashqari, ular endi qo‘llarini tez-tez yuvishlari kerak. 
 

"Umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlar har foydalanishdan keyin dezinfeksiyalanadi", deydi Savin.

Kosmonavtlar ovqatlanadigan oshxona xodimlari va Baykonurdagi mehmonxona xonalarida har kuni dezinfeksiyalash va shamollatish ishlari olib borilmoqda. Ular kosmosga otlanishidan oldin ikki bora koronavirus testidan o‘tishadi. 

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 786 608 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 37 832 nafari vafot etgan, 165 874 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 582 902 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 553 389 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 29 513 nafarining ahvoli og‘ir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя