Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Krishtianu Ronaldu ham o‘zbek сhoponini kiydi (foto)
10:08

Krishtianu Ronaldu ham o‘zbek сhoponini kiydi (foto)


O‘zbekistonlik sobiq MMA jangchisi, hozirda BAAda istiqomat qilayotgan Umid Mavlonov o‘zining Instagram sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratini namoyish qildi.

Unda portugaliyalik futbolchi o‘zbek choponi kiyib olganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Ronalduning qaylig‘i Jorjina Rodriges ham o‘zbekona to‘nda ko‘rinish bergan va bu libos O‘zbekistondan ekanini ma’lum qilgandi.

Mavlonov ko‘plab sport yulduzlari, xususan, Habib Nurmagomedov va uning jamoasi, futbolchilardan Karim Benzema va Ronaldu bilan do‘st hisoblanadi. Uning sahifasida o‘zbekistonlik sportchilar va O‘zbekiston Prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov bilan birga tushilgan suratlarni ko‘rish mumkin.

Ronaldu ayni damda ta’tilni BAAda o‘tkazmoqda. Uning bu qarori Italiyada ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu may oyida O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ramzi tushirilgan libosda tushgan suratini Instagram sahifasiga joylagandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Krishtianu Ronaldu, kiydi, сhoponini, O‘zbek, (FOTO) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя