Главная » 2017 » Август » 23 » Krishtianu Ronaldu: Maydonga yanada kuchli bo‘lib qaytaman
17:27

Krishtianu Ronaldu: Maydonga yanada kuchli bo‘lib qaytaman


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Arbitraj sudining besh o‘yinlik diskvalifikatsiya haqidagi qaroriga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Har doimgidek yana bir tushunarsiz qaror. Adolatsizlik meni hech qachon sindira olmaydi. Nima ham derdim, maydonga bundanda kuchli bo‘lib qaytaman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, – deya yozadi Ronaldu tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogining “Barselona”ga qarshi mehmondagi uchrashuvida qizil kartochka olib chetlatilganidan so‘ng, o‘yin bosh hakami Rikardo Bengoecheani turtib ketgandi.

Shu sabab, besh o‘yinga chetlatilgan portugaliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvi va La liganing 4ta uchrashuvini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Avvalroq, “Real” rahbariyatining Krishtianu Ronalduning besh o‘yinlik diskvalifikatsiyasini qisqartirish bo‘yicha bergan appelyatsiyasi inobatga olinmagani haqida xabar bergandik.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qaytaman, yanada, Krishtianu Ronaldu: Maydonga, bo‘lib, kuchli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя