Главная » 2019 » Декабрь » 29 » Krishtianu Ronaldu o‘zini aktyorlikda sinab ko‘radi
08:50

Krishtianu Ronaldu o‘zini aktyorlikda sinab ko‘radi


“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanini ma`lum qildi

“Futbolni yakunlagandan keyin o‘qishni qayta tiklashni istardim. Afsuski hayotimda duch keladigan ba’zi savollarga javob topa olmayman, shu sabab e’tiborimni o‘qishga qaratmoqchiman.

Hayron qoldiradigan yana bir niyat bor — men o‘zimni kinoda aktyor sifatida sinab ko‘rishni istardim”, — deya Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Portugaliyalik futbolchi ushbu kelishuv muddati yakunlangan vaqtda 37 yoshda bo‘ladi.

Ushbu mavsum Ronaldu Italiya A Seriyasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘n ta gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя