Главная » 2016 » Декабрь » 12 » Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p” olmaydimi?
14:59

Krishtianu Ronaldu “Oltin to‘p” olmaydimi?


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaponiyaga qilgan safari sabab “Oltin to‘p” marosimini o‘tkazib yuboradi. Gap shundaki, “Real” jamoasi Yaponiyada o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi chempionatda 2016 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida ishtirok etadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
 
15 dekabr kuni Ronalduning klubi Meksikaning “Amerika” jamoasiga qarshi Klublar o‘rtasidagi chempionatning yarim final uchrashuvida maydonga tushadi.
 
Madridning “Real” klubi allaqachon Yanoniyaga yetib kelgan. Bu haqda Krishtianu Ronaldu Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
 
Klublar o‘rtasidagi chempionatning ikkinchi yarim finalida Yaponiyaniing “Kasima Antlers” va Kolumbiyaning “Atletiko Nasonal” klublari kuch sinashadi.
 
Avvalroq, “Real” klubi Krishtianu Ronalduning 2016 yilgi “Oltin to‘p” sovrini egasi bo‘lishi haqida rasmiy xabar olgan edi. Taqdirlash marosimi Parijda 2017 yil 9 yanvarda o‘tkaziladi.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Krishtianu Ronaldu, Oltin to‘p | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя