Главная » 2017 » Май » 26 » Krishtianu Ronaldu uzoq muddatga qamalishi mumkin
12:36

Krishtianu Ronaldu uzoq muddatga qamalishi mumkin


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlikda ayblanib, sud oldida javob beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu 2011-2013 yillar davomida 600 ming yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lashdan qochib kelgan. Ispaniya hukumati bu kabi jinoyatlar bo‘yicha qattiqqo‘lligi bilan dunyoda mashhur bo‘lib, Ronalduga 3 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi ham tayinlashi mumkin.

Ammo portugaliyalik futbolchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, barcha qarzlarni to‘lashga rozilik bersa, jazo yengillashi ehtimoli bor. Ayni paytda ushbu ish yuzasidan vakolatli xodimlar voqeaga tegishli barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqishmoqda.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: qamalishi mumkin, Uzoq Muddat, Krishtianu Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя