Главная » 2020 » Июль » 5 » Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qariyb 60 yillik rekordni takrorladi
19:48

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qariyb 60 yillik rekordni takrorladi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi bahsda (4:1) o‘z nomiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

35 yoshli portugaliyalik futbolchi 29-daqiqada Xuan Kuadradoni to‘p bilan ta’minlagan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib o‘zi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, joriy mavsumda A Seriyadagi gollari sonini 25 taga yetkazib oldi.

Shu tariqa u 1960/61-yilgi mavsumdan keyin A Seriyaning bir mavsumida 25 ta gol urgan “Yuventus”ning birinchi o‘yinchisiga aylandi. Bundan oldin ushbu natijani Omar Sivori (1961-yilda) qayd etgandi.

Ushbu mavsumda Krishtianu Ronaldu klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 38 uchrashuvda ishtirok etib, 29 gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: rekordni takrorladi, Krishtianu Ronaldu, “Yuventus”da, qariyb 60 yillik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя