Главная » 2020 » Октябрь » 8 » Krishtianu Ronalduning uyiga o‘g‘ri tushdi
21:19

Krishtianu Ronalduning uyiga o‘g‘ri tushdi


«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madeyra (Portugaliya) orolidagi  uyini noma’lum kimsalar tunab ketishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Hodisa 7-oktyabr — chorshanba kuni ertalab yuz bergan. O‘g‘irlangan buyumlar orasida o‘yinchining dastxati tushirilgan Turin jamoasining futbolkasi ham bo‘lgan. Uyda yana nimalar yo‘qolgani haqida ma’lumot berilmagan. Mahalliy politsiya tergov harakatlarini boshlab yuborgan, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari jinoyatchi aniq tasvirlangan videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganib chiqishdi. Ushbu ish bo‘yicha hali hech kim hibsga olinmadi.

Ronaldu joriy mavsumda Italiyaning A seriyasida ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Portugaliyalik 35 yoshli futbolchi uchta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘g‘ri tushdi, Krishtianu Ronalduning, uyiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя