Главная » 2020 » Сентябрь » 2 » Kun fotosi: Sirdaryoda sellofan ostida test ishlayotgan abituriyentlar
22:01

Kun fotosi: Sirdaryoda sellofan ostida test ishlayotgan abituriyentlar


O‘zbekistonda 2-sentabrdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. Pandemiya sababli imtihonlar stadionlar va xiyobonlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlarning birinchi kunida O‘zbekistonda bulutli ob-havo kuzatildi. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi stadionda ikkinchi smenada imtihon topshirayotgan talabalar ustidan yomg‘ir tomchiladi. Imtihon tashkilotchilari abituriyentlar hamda ular ishlayotgan test va javob varaqlarini yomg‘irdan himoya qilish uchun antiqa yo‘l tutdi.

Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev tomonidan e'lon qilingan suratda abituriyentlar o‘tirgan qatorlar ustidan uzunasiga sellofan plyonka tortilganini ko‘rish mumkin.

“Ilgari plyonka ostiga paxta ekilardi, endi abituriyent ‘ekilyaptimi’ deyman”, — deya hazilomuz izoh bergan Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kuzatilgani sabab imtihonlar uchun xiyobonlarda tayyorlab qo‘yilgan parta-stullar sellofan bilan qoplab chiqilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: abituriyentlar, Kun fotosi, Sirdaryoda, sellofan, test ishlayotgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя