Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » Kun sur'ati: Yakkabog‘da elektr yo‘qligidan minglab tovuqlar nobud bo‘ldi
20:23

Kun sur'ati: Yakkabog‘da elektr yo‘qligidan minglab tovuqlar nobud bo‘ldi


So‘nggi haftada O‘zbekiston bo‘ylab elektr energiyasi va gaz ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosurat va videolarga ko‘ra, hududlarda ba’zi tadbirkorlar bu holatdan jiddiy zarar ko‘rishgan. Ayniqsa, 5200 ta tovug‘i nobud bo‘lgan yakkabog‘lik ishbilarmon haqidagi video kanallarda ko‘p «aylanmoqda». Izohda yozilishicha, uch kun chiroq bo‘lmaganiga shu hodisa yuz bergan. 

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘onda issiqxonada ham sabzavotlarga elektr yo‘qligi sabab jiddiy talofot yetgan. Tadbirkorning ko‘rgan zarari 35 ming dollar atrofida baholanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi To‘raqo‘rg‘on IESida ro‘y bergan avariya tufayli ko‘pchilik viloyatlarda ta’minot uzilib qolgani haqida bayonot bergan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yakkabog‘da, Kun surati, tovuqlar, nobud bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя