Главная » 2020 » Февраль » 11 » Kun tarixi: Bundan 173 yil avval lampochka ixtirochisi Tomas Edison tug‘ilgandi. Buyuk kashfiyotchidan 10 ta iqtibos
14:12

Kun tarixi: Bundan 173 yil avval lampochka ixtirochisi Tomas Edison tug‘ilgandi. Buyuk kashfiyotchidan 10 ta iqtibos


Tomas Edison – Amerikaning, shuningdek, butun dunyoning eng sermahsul ixtirochisidir. Mustaqil izlanuvchan olim, biznesmen va elektrotexnik bo‘lgan Edison zaif tana tuzilishi, past bo‘yi va eshitish bilan bog‘liq muammolari borligiga qaramasdan 4000 dan ziyod ixtirolari uchun patent olgan. Aynan u cho‘g‘lanish lampasi va fonografni o‘ylab topdi. Shuningdek, dunyodagi ilk ilmiy-tadqiqot markaziga asos soldi, kinematografiya rivojiga hissa qo‘shdi. Edisonning ixtirolaridan haligacha butun dunyo bo‘ylab foydalanishadi.

Quyida uning eng mashhur iqtiboslari bilan tanishamiz.

• Ko‘pchilik odamlar ozgina fikrlashdan qochish uchun cheksiz mehnat qilishga tayyordir.
• Men muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Shunchaki natijasiz 10 mingta usulni topdim.
• Eng katta xato – tez taslim bo‘lishimizda. Ba’zida istagimizga erishish uchun shunchaki yana bir bor urinib ko‘rishimiz lozim.
• Ruhi tushganida muvaffaqiyatga qanchalik yaqinligini bilmagan holda qanchadan-qancha odam sinadi.
• Sivilizatsiyaning eng muhim vazifasi – odamni fikrlashga o‘rgatish.

• Ko‘pchilik odamlar bir kuni boy bo‘lib uyg‘onishiga ishonadilar. Ular qisman haq. Bir kun rostdan ham uyg‘onadilar.
• Elektrni shunchalik arzon qilamizki, shamni faqat boylar yoqadi.
• Menga na otlar, na yaxtalar kerak. Ustaxonam bo‘lsa, yetarli.
• O‘sha paytlari qarzlarimni deb sherif ustaxonamni yopmasligi uchun kuniga 5 dollardan to‘lardim. Keyin esa haqini to‘lamaganim uchun gazni ham o‘chirib qo‘yishdi. Shunchalar jahlim chiqdiki, gaz haqidagi adabiyotlarni o‘qib chiqdim va uni elektr tokiga almashtirish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim.
• Daholik siri – mehnat, qat’iyat va sog‘lom aql.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя