Главная » 2020 » Август » 29 » Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla
19:05

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla


Biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxovning aytishicha, kunduzgi uyqu uchun 20 daqiqa ham yetarli. Faqat to‘g‘ri vaqtni topsangiz bas. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Agarda uyqu 20 daqiqadan oshib ketsa, u chuqurlashib ketadi. To‘liq chiqib ketish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Buning nomi «uyqu inersiyasi», — dedi mutaxassis.

Chuqur uyqudan chiqib ketish 20—40 daqiqa talab qiladi, ishxona sharoitida bu juda noqulaylik tug‘diradi. Biroq, agarda kunduzgi ish kuningiz qattiq tartibli bo‘lmasa, bir soatlik uyqu ayni muddao — kechgacha tetik yurasiz, deydi Doroxov.

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla — soat 13 dan 15 gacha bo‘lgan vaqt.

«Organizmimizning o‘zi shu paytda (soat 13—15 oralig‘i) tabiiy ravishda uyquga moyillik sezadi. Soat 17 dan keyin uxlash esa yaramaydi — tungi uyqudan mahrum bo‘lasiz», — ogohlantirdi mutaxassis.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: eng qulay, palla, uyqu, Kunduzgi, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя