Главная » 2021 » Март » 14 » Kusherbayev O‘zbekistonda besoqolbozlikka ruxsat berilishi haqida: "Bu bizning o‘lgan kunimiz bo‘ladi"
23:09

Kusherbayev O‘zbekistonda besoqolbozlikka ruxsat berilishi haqida: "Bu bizning o‘lgan kunimiz bo‘ladi"


Mirziyoyevdan O‘zbekistonda besoqolbozlikka ruxsat berishni so‘rashgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev yozdi.

"Demokratiya yo‘lida inson tabiatiga mos bo‘lmagan harakatlarni qo‘llab quvvatlashdan bo‘lak har narsaga chidash mumkin, deb o‘ylayman.

Lekin erkak bilan erkakning o‘zaro er xotin sifatida turmush kechirib,  munosabat qilishlarini hech qachon qabul qilolmayman. Va toki tirik ekanmiz O‘zbekistonda bunday bema’ni harakatga qonunan ruxsat berilmasligiga ishonaman.

Ruxsat berilgan kun bizning o‘lganimiz bo‘ladi.

Bir necha kundan beri ayrim horij OAV va ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevga "Ilga Europe" nomli bir jinsli juftliklarni qo‘llab quvvatlovchi (LGBT) va boshqa bir qator shunday tashkilotlar O‘zbekiston qonunchiligidan besoqolbozlik (erkak bilan erkakning jinsiy aloqa qilishi)ni ta’qiqlovchi normani chiqarib tashlash haqida murojaat bilan chiqqani muhokama qilinmoqda.

To‘g‘risi qaysi bosh bilan(agar bo‘lsa albatta) o‘ylashayotganini bilmadim-u, biroq mamlakat taraqqiyoti va millat genofondi uchun bu qanday fojia ekanligini taklif berayotgan "bir jinschi" tashkilotlar anglashayotganmikan o‘zi. To‘g‘risi buni tasavvur qilishning o‘zi daxshat.

Odamlar uchun foydasi tegadigan, kelajak avlod farovonligi uchun xizmat qiladigan takliflar tiqilib yotganda bularning so‘rayotgan narsasi hech bir qolipga sig‘maydigan ish.

Agar bu inson huquqlariga zid, deyishsa tupurdim bunday huquqiga.

Millat, xalqqa do‘st odam, yakuni avlodlarning jismonan yo‘q bo‘lishi bilan tugaydigan bunday mantiqsiz, aksiltabiiy taklif bilan chiqmaydi. Demak ularning bizga asli kim ekani va maqsadi nima ekanligini tushunib olavering.

Yashasin erkaklar erkakligicha, ayollar ayolligicha qoladigan jamiyat!"


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kunimiz, Kusherbayev, o‘lgan | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя