Главная » 2021 » Август » 22 » Kutilmagan xabar: Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi
23:11

Kutilmagan xabar: Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi


Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketmoqchi.

Bugun, 22 avgust kuni Turinning “Yuventus” klubi Italiya chempionatining 1-turida “Udineze” bilan bahs olib boradi. Ronaldu esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, bu portugaliyalikning shaxsiy so‘rovi. 

Hujumchi yoz oxirigacha klubni tark etishga umid qilmoqda. Biroq, “Yuventus” hozircha Ronaldu uchun birorta klubdan rasmiy taklif olmagan. 

Avvalroq, bosh murabbiy Massimiliano Allegri Ronalduning “zebralar” safida qolish istagida ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Keksa sinora” safida 97 uchrashuvda maydonga tushib, 81 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yuventus, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя