Главная » 2020 » Сентябрь » 16 » Kuz va qishda kanda qilmaslik kerak bo‘lgan D vitaminiga boy 6 mahsulot
21:12

Kuz va qishda kanda qilmaslik kerak bo‘lgan D vitaminiga boy 6 mahsulot


Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D vitamini nafaqat metabolizm, suyaklar va miya faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi kuzatilganda organizmda bir qancha kasalliklar kuzatiladi. Issiq mavsumda ushbu vitaminni quyosh nuridan olish mumkin bo‘lsa, kunlar salqinlashgani sari kunlik ehtiyojni qoplash uchun “quyosh vitamini”ga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak.

Qo‘ziqorin

100 gramm qo‘ziqorinda kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan D vitamini mujassam bo‘ladi. Shu sabab mazkur mahsulotdan taom tayyorlash, salat yoki sendvichga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Losos

Yovvoyi losos D vitaminining manbayi hisoblanadi. Organizmda “quyosh vitamini” me’yorda bo‘lishi uchun hafta davomida ikki porsiya losos iste’mol qilish kifoya.

Paltus (kambalaning bir turi)

Ushbu mahsulotning 100 grammida organizm uchun kunlik ehtiyoj bo‘lgan — 250 foiz D vitamini bo‘ladi. Shuningdek, paltus yurak salomatligi va suyaklar uchun foydali bo‘lgan yog‘ kislotalarini ham o‘z ichiga oladi.

Krevetka

100 gramm krevetka — kunlik me’yor hisoblangan D vitaminining uchdan bir qismini qoplaydi. Ammo ushbu dengiz mahsulotini iste’mol qilishda porsiyada tuz miqdori ko‘payib ketmasligiga e’tiborli bo‘ling. Natriyning ko‘payib ketishi yurak faoliyati va boshqa hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar uchun xavf tug‘diradi.

Tuxum

Bir dona tuxumda 4 foiz D vitamini bo‘lgani sabab birgina uning o‘zi bilan kunlik me’yorni qoplab bo‘lmaydi, ammo qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumdan tayyorlangan nonushta eng foydali variantlardan biri.

Pishloq

100 gramm pishloqda kunlik me’yor hisoblangan D vitaminining 3 foizi mujassam bo‘ladi. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insultga chalinishning oldini olish va yurak qon-tomirlarning salomatligini ta’minlash​ xususiyatiga ega.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulot, qishda, qilmaslik, Kuz, boy, vitaminiga, kanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя