Главная » 2017 » Февраль » 27 » “La-La Lend” filmi “Oskar”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnata olmadi
12:20

“La-La Lend” filmi “Oskar”lar soni bo‘yicha rekord o‘rnata olmadi


Rejissor Demyen Shazellning “La-La Lend” filmi qo‘lga kiritilgan Amerika kino san’ati akademiyasining “Oskar” mukofotlari soni bo‘yicha rekord o‘rnata olmadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

14 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga da’vogarlik qilgan “La-La Lend” “Eng yaxshi ovoz”, “Eng yaxshi ovoz montaji”, “Eng yaxshi liboslar” nominatsiyalarida o‘z raqiblariga yon berdi va kinematograf tarixidagi eng ko‘p “Oskar” yutgan filmga aylanish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Yutib olingan “Oskar” mukofotlari soni bo‘yicha birinchilik “Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi”, “Titanik” va “Ben-Gur” filmlariga tegishli, ular 11 tadan haykalchalarni qo‘lga kiritgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Rekord, Oskar, La-La Lend | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя