Главная » 2020 » Май » 23 » Latofatli turk aktrisalarining turmush o‘rtoqlari (foto)
21:48

Latofatli turk aktrisalarining turmush o‘rtoqlari (foto)


Turk serial va filmlari dunyo kino sanoatida o‘ziga yarasha o‘rin oldi. Tomoshabinlar intizorlik bilan kutadigan film va seriallarda rol ijro qilgan aktyor va aktrisalar esa millionlab qalblarni zabt etdi. Mahorati va iste’dodi bilan sevimli bo‘lishga ulgurgan latofatli aktrisalar kimga turmushga chiqqan? Quyida ushbu savolga foto orqali javob beramiz.

Neslixon Atagul (27 yosh) va Qodir Dogulu (38 yosh)

“Sevgi iztirobi”, “Elchining qizi” filmlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Neslixon Atagulning turmush o‘rtog‘i ham kino olami vakili hisoblanadi. 2013—2014-yillarda “Ishq sohillari” filmida birgalikda rol ijro etgan juftlik 2016-yilning 8-iyulida turmush qurgan.

Bergyuzar Korel (37 yosh) va Xalit Ergench (50 yosh)

Aktyor va aktrisani yulduzli juftlik deb atasa ham bo‘ladi. “Qashqirlar makoni: Iroq”, “Bir sevgi, ikki hayot” filmlarida mahorat bilan rol ijro qilgan Korel “Muhtasham yuz yil” filmidagi “Sulton Sulaymon”, ya’ni Halit Ergench bilan “Sen mening vatanim” hamda “Bir ming bir kecha” filmlarida birgalikda suratga tushgan. 2009-yil 9-avgustda turmush qurgan juftlikning hozirda ikki o‘g‘li bor.

Beren Saat (36 yosh) va Kenan Doulu (45 yosh)

“Kosem”, “Taqiqlangan sevgi”, “Intiqom” filmlarida bosh qahramon obrazini jonlantirgan Beren Saat xonanda Kenan bilan 2014-yilning 29-iyunida turmush qurgan.

Faxriya Evjen (33 yosh) va Burak O‘zchivit (35 yosh)

Yana bir yulduzli juftliklardan biri Faxriya va Burak hisoblanadi. Juftlik “Choliqushi” filmida birga suratga tushgan bo‘lsa-da, haqiqiy munosabatlar “Ishq senga o‘xshar” filmidan keyin boshlangan. Turk yulduzlarining to‘yi 2017-yilning 29-iyunida bo‘lib o‘tgan.

Nur Fettaxo‘g‘lu (40 yosh) ​ va Levent Veziro‘g‘lu​ (53 yosh)

“Muhtasham yuz yil” filmidagi Mohidavron roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Nur Fettaxo‘g‘lu biznesmen Levent Veziro‘g‘lu bilan 2013-yilda turmush qurgan va hozirda bir nafar qiz farzandi bor.​


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: aktrisalarining, Turk, Latofatli, (Foto), Turmush, o‘rtoqlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя