Главная » 2019 » Май » 23 » Lenovo uch kamerali hamyonbop smartfonini taqdim etdi
20:13

Lenovo uch kamerali hamyonbop smartfonini taqdim etdi


Yangilangan smartfon Lenovo Z6 Proning kuchaytirilgan versiyasi hisoblanadi. Smartfon 8.1 mm qalinlikdagi 6.3 dyuymli ekranli zarbaga chidamli shisha korpusdan iborat bo‘ladi.

Smartfon displeyi HDR10 tizimli, 2340×1080 pikselli yuqori tasvir funksiyasiga ega bo‘ladi. Uning “yuragi”da 2.2 GGs yuqori chastotali Snapdragon 710 qudratli protsessor joylashadi. Shuningdek, qurilma 4 va 6 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Lenovo Z6 Youth Edition Android 9 operasion tizimida ishlaydi.

Ushbu smartfonning boshqa modellardan ustun tomonligi uning hamyonbopligi va suratga olishdagi tasvirning tiniq ekanligidir. Qurilma 16 Mp + 8 Mp + 5 Mp uchta kamera bilan jihozlangan.

Ushbu kameralar yuzni aniqlash, uzoq va yaqinni suratga olishda ustunlikni taqdim etadi. Shuningdek, smartfon kamerasi tungi rejimda yuqori sifatli fotosurat olishda ham asqotadi. Qurilmaning yoritkichli 16 megapikselli old kamerasi selfisevarlar uchun yana bir ideal flagman hisoblanadi.

Yangi model kuchli 4050 mAs akkumulyator, USB-C porti, quloqchin uchun tirqish va ikkita sim kartani qo‘llay oladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Lenovo | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя