Главная » 2021 » Май » 16 » «Lester» futbolchilari kubok olish vaqtida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishdi (foto)
09:12

«Lester» futbolchilari kubok olish vaqtida Falastin bayrog‘ini ko‘tarishdi (foto)


Angliya kubogini qo‘lga kiritgan «Lester» yarim himoyachisi Hamza Choduri va  himoyachi Uesli Fofana Angliya kubogi finalidan so‘ng mukofotni qabul qilib olishga Falastin bayrog‘i bilan chiqib kelishdi.

Futbolchilar bayroqni qo‘llarida ko‘targan holda chiqishdi, so‘ngra Choduri medalni topshirish paytida uni yelkasiga tashladi.

Ushbu daqiqaning fotosurati Twitterda joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-may tunida Londonda «Uembli» stadionida «Chelsi» va «Lester» Angliya kubogi finalida kurash olib borishdi. «Lester Siti» «Chelsi»ni kichik hisobda mag‘lub etib, o‘z tarixida birinchi marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

«Lester» besh marotaba finalga chiqqan, shulardan eng so‘nggisi 1969 yilga to‘g‘ri keladi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bayrog‘ini, kubok, futbolchilari, Falastin, Lester, (FOTO) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя