Главная » 2020 » Сентябрь » 19 » Lionel Messi 9 yildan buyon davom etayotgan sudda yutib chiqdi
19:32

Lionel Messi 9 yildan buyon davom etayotgan sudda yutib chiqdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi 2011-yildan buyon Ispaniyaning MASSI kompaniyasi bilan davom etayotgan sudda yutib chiqdi.

Gap shundaki, argentinalik futbolchi 2011-yilning avgustida o‘z familiyasi ostida kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Biroq o‘sha yilning noyabrida velosiped, shlem va sport liboslari ishlab chiqaruvchi MASSI kompaniyasi nomlardagi o‘xshashlik sabab Messining kompaniyasini sudga beradi.

2013-yilda Yevropa intellektual mulk boshqarmasi (EUIPO) MASSI brendi foydasiga qaror chiqaradi. Messi apellyatsiya beradi, biroq 2014-yilning aprelida EUIPO MASSI va Messi terminlarining talaffuzi bir xilligi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasining  o‘xshashligini inobatga olgan holda futbolchining da’vosini qanoatlantirmagan edi.

Yevropa ittifoqi sudi mazkur jarayonni o‘rganib chiqdi va Messining foydasiga qaror chiqardi. Endilikda futbolchi Messi nomi ostida o‘zining shaxsiy brendiga asos solishi mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha MASSI kompaniyasi mazkur qaror yuzasidan appelyatsiya beradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: buyon, yutib chiqdi, lionel messi, davom etayotgan, sudda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя