Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Lionel Messi zaif ko‘ruvchi bolakaylarga yangi hayot ulashdi. Futbolchi ularga qimmatbaho qurilma sovg‘a qildi
22:01

Lionel Messi zaif ko‘ruvchi bolakaylarga yangi hayot ulashdi. Futbolchi ularga qimmatbaho qurilma sovg‘a qildi


“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi xayrli ishga qo‘l urdi.

Futbolchi ko‘rishda nuqsoni bor “Arsenal” muxlisi va unga o‘xshash yana 11 nafar bolakayni Barselonaga taklif qilgan. Messi ularning har biriga OrCam kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali ko‘zoynaklar sovg‘a qilgan.

“Barselona” yulduzi Isroil kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan holda zaif ko‘ruvchi va ko‘r bolalarga yordam qo‘lini cho‘zishda davom etmoqchi. Messi har yili ko‘r va zaif ko‘ruvchi odamlarga OrCam MyEye qurilmasini tarqatadi. Argentinalik futbolchi ularning ayrimlari bilan shaxsan uchrashadi.

“Bu qurilma ularning hayotini o‘zgartirishi ko‘rinib turibdi. OrCam elchisi bo‘lganimdan faxrlanaman, bu ko‘plab odamlarga yordam beradi”, — deydi Messi.

Ushbu qurilma bir qator funksiyalarga ega, u sun’iy intellekt evaziga matnni ovoz chiqarib o‘qishi yoki foydalanuvchiga yonidagi narsalar haqida ma’lumot berishi mumkin. U yuzlar, ranglar, oziq-ovqat va pul kupyuralarini ajrata oladi. Qurilmaning har biri 4000 dollardan qimmat turadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bolakaylarga, sovg‘a qildi, qurilma, zaif, ulashdi, futbolchi, Qimmatbaho, yangi hayot, ko‘ruvchi, lionel messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя