Главная » 2020 » Август » 29 » Lionel Messining otasi o‘g‘li qaysi jamoaga o‘tishini ma’lum qildi
19:30

Lionel Messining otasi o‘g‘li qaysi jamoaga o‘tishini ma’lum qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi o‘g‘li “Manchester Siti”da o‘ynashni istayotgani haqidagi ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda L’Equipe.

Manbada ta’kidlanishicha, 28-avgust kuni PSJ sport direktori Leonardo Xorxe Messi bilan muzokara olib borgan. Unda Xorxe o‘g‘li “Manchester Siti” variantini tanlab bo‘lgani va Parijga borishni xohlamasligini aytgan.

Avvalroq 33 yoshli futbolchi “Barselona”ni tark etish qaroriga kelgani va bu haqda klub rahbariyatiga faks jo‘natgani ma'lum bo'lgandi.

Messi 2019/20-yilgi mavsumda “Barselona” safida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 24 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchining katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘tishini, o‘g‘li, ma’lum qildi, qaysi jamoaga, Lionel Messining, otasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя