Главная » 2020 » Апрель » 8 » Litsey va maktab bitiruvchilari OTMga imtihonsiz qabul qilinishi rostmi?
14:28

Litsey va maktab bitiruvchilari OTMga imtihonsiz qabul qilinishi rostmi?


Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va  akademik litsey bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu masalada rasmiy axborot berdi.

Unga ko‘ra, umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi haqiqatga ziddir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan.

“Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qiladi. Abituriyentlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 16 martdan barcha ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilingandi.

1

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя