Загрузка...
Главная » 2018 » Май » 8 » «Liverpul» — «Real» bahsini boshqaradigan hakam ma’lum. U Junayd Chaqir emas
11:43
«Liverpul» — «Real» bahsini boshqaradigan hakam ma’lum. U Junayd Chaqir emas

2017/18 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuviga hakamlar jamoasi tayinlandi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Shunday qilib, 26 may kuni Kievdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadigan «Liverpul» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi final bahsini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Milovan Ristich va Dalibor Jurjevich yordam beradi. Darvoza ortida esa Nenad Jokich va Danilo Gruich ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya) bo‘ladi.

Avvalroq final uchrashuvini boshqarishga turkiyalik hakam – Junayd Chaqir boshchiligidagi brigada ham da’vogar ekani haqida xabarlar tarqalgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | Просмотров: 134 | Добавил: ADMIN | Теги: bahsini, ma’lum, Junayd Chaqir, boshqaradigan, emas, Liverpul, hakam, Real | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |