Главная » 2020 » Октябрь » 4 » Lola Islomovnaga «Karimova» familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?
10:04

Lola Islomovnaga «Karimova» familiyasi ortiqchalik qilyaptimi?


O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi. Endi u ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini «Lola Till» imzosi bilan chop etadi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi cahifasi orqali ma’lum qildi.

Islom Karimov vafotidan so‘ng Lola Karimova-Tillayeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo‘nim topib, o‘sha yerda tinch va farovon yashamoqda. Karimova-Tillayeva oilasi okean ortida bir nechta qimmatbaho ko‘chmas mulklarga egalik qiladi.

Kichik Karimova 2017-yildan beri O‘zbekistonga kelgani yo‘q. U hatto otasining vafotiga yil to‘lishi bilan o‘tkazilgan turli tadbirlarda ham ko‘rinish bermagandi.

Uning opasi Gulnora Karimova esa sodir etgan qator jinoyatlari uchun qamoq jazosini o'tamoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Karimova, Lola Islomovnaga, familiyasi, qilyaptimi, ortiqchalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя