Главная » 2017 » Апрель » 25 » Lola Karimova: Kam ta’minlangan bolalar murakkab yurak operatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
08:20

Lola Karimova: Kam ta’minlangan bolalar murakkab yurak operatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Fransiyada jajji bolalar murakkab yurak operatsiyalaridan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida ma’lumot berdi.

“Nant, Fransiya. Bo‘ go‘zal shaharni “Sen Yolg‘iz Emassan” fondimiz bilan ezgulik rishtalari bog‘laydi. Hozirda Nant shahridagi klinikalardan birida bizning jajji vatandoshlarimiz operatsiyadan keyingi muolaja jarayonini o‘tamoqdalar. Qoraqalpog‘istonlik 8 oylik Berdaxov Umidjon va xorazmlik 9 yoshli Abdullaev Alibekda o‘tgan oyning so‘ngida bu yerda murakkab yurak operatsiyalari bajarilgan edi.

Mazkur aksiya “Sen Yolg‘iz Emassan” Fondimizning “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan birgalikdagi tug‘ma yurak nuqsoni bilan xastalangan bolalarga tibbiy yordam berish maqsadida yettinchi marotaba amalga oshirilayotgan aksiyasidir.

Fursatdan foydalanib, Nant Pediatriya klinikasiga, shaxsan professor Olive Baron hamda uning hamkasblari anesteziolog Arian de Vindt, reanimatolog Jan Mishel Liet, kardiolog Nadir Benbrik, perfuziolog Lui Merin va reanimasion hamshira Lorens Domitellarga o‘z minnatdorligimni izhor etaman.

“Sen Yolg‘iz Emassan” Fondining “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan hamkorligi doirasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola va kam ta’minlangan oila farzandlariga, jami 37 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi”.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: am ta’minlangan bolalar, Lola Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя