Главная » 2017 » Март » 13 » Lola Karimova prodyuserlik qilgan ilk film ekranlarga chiqish arafasida
14:24

Lola Karimova prodyuserlik qilgan ilk film ekranlarga chiqish arafasida


Lola Karimova-Tillayeva turmush o‘rtog‘i Temur Tillaev bilan birgalikda “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli filmga ilk marotaba prodyuserlik qildi. Bu haqda Lola Karimova o‘zining Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Hujjatli film buyuk mutafakkir hamda alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Film rejissyori Bahodir Yuldoshev. Kartinada Fransiya, AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning yetakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolledji kabi o‘quv yurtlari, muzey va kutubxonalarning bisotidan foydalanildi.

Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi. Ma’ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalarimiz ham o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etdi.

Gollivudning “Titanik”, “Olovuddin”, “Gerkules” kabi filmlarga musiqa bastalagan mashhur kompozitori Uolter Afanasev kartina uchun maxsus musiqa yozdi. Film uchun saundtrekni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon kuyladi.

“Film premerasi haqida keyinroq ma’lum qilamiz”,—deb yozadi Lola Karimova.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Lola Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя