Главная » 2017 » Август » 19 » Lola Karimova yangi global loyihaga qo‘l urdi
12:38

Lola Karimova yangi global loyihaga qo‘l urdi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali o‘zining yangi loyihasi haqida xabar berdi.

“Droplet” (“Tomchi”) nomli eko art loyihamizni e’tiboringizga havola etaman. Suv resurslarini qanday ishlatamiz? Global isish yaqin kelajakda insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga yondashuvni qanday qilib o‘zgartirish mumkin?

Loyihamiz bugun insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni namoyish etish uchun bir maydon vazifasini o‘taydi.

“Garmonist” brendining falsafasi suv, yer, yog‘och, ma’dan va olov kabi besh tabiat unsurlarini o‘rganish, asrash va himoya qilishga asoslangan. “Garmonist” tabiatni asrash maqsadida insoniyat sog‘lom hayot kechirishining asosini tashkil etuvchi mazkur besh unsurni saqlashga va asrashga bag‘ishlangan o‘n yillik loyihani boshlaydi.

Suv hayot manbaidir. Inson tanasi 60 foiz suvdan iborat bo‘lib, hayotimizni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson har bir ichki a’zosining faoliyatida suv muhim o‘rin egallaydi. Sayyoramiz ekosistemasida suv manbalarining o‘rni beqiyosdir.

Rassom Markus Lyutens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-ob’ekt tomchi ko‘rinishidagi metal konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi”, deb yozadi Lola Islomovna.

Lola Karimova-Tillyayeva nafaqat taniqli shaxs, balki ko‘plab xayriya tadbirlari bilan tilga tushgan jamoatchi ham. U qo‘l urgan navbatdagi loyiha ham inson va butun yer yuzining kelajagi uchun nihoyatda qiymatli. U bu haqda shunday deydi:

“Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, san’at insonlarga ilhom bahsh etib, ularni muayyan maqsad atrofida birlashtira oladi.

“Droplet” loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining xavotiriga sherikligimizni bildiramiz. Loyihamiz haqida sizni muntazam ravishda xabardor qilib boramiz”.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘l urdi, global loyiha, Yangi, Lola Karimova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя