Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Lola Karimovaning ilk kitobi nashrdan chiqdi
23:13

Lola Karimovaning ilk kitobi nashrdan chiqdi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayevaning ilk kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda xonim Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi. 

Kitob “Be Your Own Harmonist: Awakening Your Inner Wisdom for Physical, Mental and Emotional Wellbeing” deb nomlangan. U ingliz tilida nashr etilgan.

"U har bir insonda mavjud salohiyat; hamda o‘z fikrlarimiz, ovqatlanshimiz va hissiyotlarimizga ongli ravishda yondashgan holda qay tarzda o‘z o‘zimizga yordam berishimiz mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Ushbu kitob mening ko‘p yillik ilmiy va ma’naviy izlanishlarimga asoslangan bo‘lib, inson salomatligi va uyg‘unligiga erishish uchun qanday amaliyotlarni qo‘llash mumkinligi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi.

Ko‘p insonlar uchun murakkab bo‘lgan ushbu davrda, umid qilamanki, nashrda keltirilgan ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘ladi", deydi Lola Karimova.

Qayd etilishicha, kitobni "Amazon" internet do‘koni orqali xarid qilish mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Lola Karimova Islom Karimov vafotidan keyin O‘zbekistonni tark etgan. U turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHda yashamoqda. Karimova yaqinda "Harmonist" attorlik mollari brendi o‘ziga tegishli ekanini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayevga tegishli bo‘lgan Los-Anjelesdagi 3 ta villa 18,9 million dollarga sotuvga qo'yildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ilk kitobi, nashrdan chiqdi, Lola Karimovaning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя