Главная » 2016 » Декабрь » 21 » Lola onasi uchun sotib olgan yangi yil sovg‘asi haqida ma’lum qildi
15:17

Lola onasi uchun sotib olgan yangi yil sovg‘asi haqida ma’lum qildi


Xonanda Lola o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Yangi yil bayrami haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi va bayramda onasiga nima sovg‘a qilishini aytib o‘tdi. 

“Qizlar, bilasizmi men uchun Yangi yil bayramidagi eng yaxshi narsa nima? Bu bayramni kutib rohatlanish! Bu stoldagi mandarinlar, bu bolalik hidi, bu barcha oila a’zolari bilan uyni bezatish, bu hamma yerdagi shamlar va albatta sovg‘alar! Yangi yil bayrami arafasida shahrimizda hayot qaynaydi. Hamma yangi yilga tayyorgarlik ko‘radi, yaqinlarini xushnud etish uchun ularga sovg‘a tayyorlashadi”,—deb yozadi Lola o‘zining Instagram`dagi sahifasida. 

Lolaning aytishicha, u poytaxtdagi oyoq kiyim do‘konlaridan biridan onasiga chiroyli oyoq kiyimi sotib olgan. 

“Onajonimga sovg‘a tanladim. Endi Yangi yilgacha kutishga sabrim yetmay, bu go‘zallikni sovg‘a qilib qo‘yishga qo‘rqyapman”,—deydi Lola.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yangi Yil, Sovg'a, Lola | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя