Главная » 2017 » Март » 24 » Lolaning “Bilmaysan” qo‘shig‘i turk musiqiy telekanali xit-paradida birinchi bo‘ldi
14:04

Lolaning “Bilmaysan” qo‘shig‘i turk musiqiy telekanali xit-paradida birinchi bo‘ldi


Xonanda Lolaning “Bilmaysan” nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklip Türk müzik birliği televizion musiqiy kanalida yuqori pog‘onani zabt etdi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

“Mening ‘Bilmaysan’ trekim TMB musiqiy telekanalidagi TOP—20 xit-paradida birinchi pog‘onani egalladi. Bu juda yoqimli. Mualliflarga, ushbu video yaralishida ishtirok etgan barchaga rahmat. Mening bir yaqin insonim aytganidek: ‘Bilmaysan’ – bunga arziydi!” – deb yozadi Lola.

Mazkur xit-paradda Loladan tashqari, Nilufar Usmonova hamda Shahzodaning qo‘shiqlari ham joy olgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Lola, Bilmaysan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя