Главная » 2017 » Март » 27 » London markazida avtomobil yana odamlar ustidan bosib ketdi
11:37

London markazida avtomobil yana odamlar ustidan bosib ketdi


Londonda navbatdagi ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi. 26 mart kuni avtomobil bir guruh olomon ustiga bostirib kirdi. Shahar markazida ro‘y bergan voqea 4 kishining jarohat olishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar tarqatdi.

Guvohlarning aytishicha, yuz bergan voqeadan so‘ng avomobil haydovchisi va ichida bo‘lgan yo‘lovchilar transport vositasidan tushib, voqea joyidan qochib ketishgan. Keyinroq ularning 2 nafari qo‘lga olingan.

Ayni vaqtda polisiya avtohalokat sodir etgan avtomobilning boshqa yo‘lovchilarini ham qidirmoqda. Polisiya vakillari ro‘y bergan voqeani terakt deb baholashmayapti.

22 mart kuni Londonda avtomobilning odamlar ustidan bosib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Vestminster ko‘prigida harakatlangan transport vositasi bir necha kishini bosib o‘tib, Britaniya parlamenti binosi to‘sig‘iga borib urilgandi. Shundan so‘ng, polisiyachilarga hujum uyushtirgandi. O‘shanda terakt oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: avtomobil, markazi, bosib ketdi, odamlar ustidan, yana, London | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя