Главная » 2020 » Февраль » 13 » Londonda koronavirusga chalingan birinchi bemor aniqlandi
21:03

Londonda koronavirusga chalingan birinchi bemor aniqlandi


London shahrida COVID-19 koronavirusi bilan kasallangan birinchi bemor qayd etildi, deb xabar beradi Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Angliyada yana bir bemorning tahlil natijalari unda yangi turdagi koronavirus borligini ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya bo‘ylab ushbu kasallikka chalinganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi”, — deydi professor Kris Uitt.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi bemor virusni Xitoyda yuqtirib olgan. Hozirda u Londondagi ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash milliy tizimi markaziga joylashtirilgan.

Avvalroq Bavariya Sog‘liqni saqlash vazirligi Germaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni 16 kishiga yetgani haqida xabar bergandi. O‘zbekistonda esa 12-fevral holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar yo‘qligi ma'lum qilindi..


Manba: "daryo.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя