Главная » 2018 » Январь » 24 » “Madaniyat to‘g‘risida” va “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda
00:05

“Madaniyat to‘g‘risida” va “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda


O‘tgan yil “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratilgan 20 ta qonun loyihasini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘rsatdi. Shuningdek, 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, uning 2 tasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinishiga erishildi, deb xabar beradi O‘zA.

Partiya fraksiyasi rahbari Sarvar Otamurodovning ta’kidlashicha, partiya va uning fraksiyasi tomonidan Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazorati o‘rnatilgani ham muhim ahamiyat kasb etdi. Har ikki idora bilan hamkorlik memorandumi imzolanib, chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi.

Ayni vaqtda fraksiya tomonidan madaniyat sohasiga oid 2 ta — “Madaniyat to‘g‘risida” hamda “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda.

“Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ham faol ish olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Teatr va teatr faoliyati, Qonun, to‘g‘risida, Madaniyat to‘g‘risida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя