Главная » 2021 » Май » 11 » Madhiya vaqtida qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmay qolgan o‘zbekistonlik amaldorlar videosi Xitoyda 5 mln martadan ortiq tomosha qilindi
16:07

Madhiya vaqtida qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmay qolgan o‘zbekistonlik amaldorlar videosi Xitoyda 5 mln martadan ortiq tomosha qilindi


Sirdaryo viloyatida 9-may kungi bayram tadbiri davomida davlat madhiyasi ijrosi vaqtida huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari qo‘lini qayerga qo‘yishi bilmay, noqulay ahvolda qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur rolik Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida ham tarqalgan bo‘lib, hozirga qadar u 5,57 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Repost’ning yozishicha, yana bir Xitoy platformasida o‘zbekistonlik huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokidagi video 5,75 million martadan ortiq ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-may kungi tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev bayram nutqi bilan chiqish qilgan. Uning chiqishidan so‘ng O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etilgan. Madhiya ijrosi vaqtida hokimning ortida turgan huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari qo‘lini qayerga qo‘yishi bilmay, noqulay ahvolda qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir dastlab viloyat hokimligining Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirda ko‘rsatilgan, huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari bilan bog‘liq vaziyat videoparchasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, video o‘chirilgan.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilganda... harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi”.


Manba: "daryo.uz"
| Теги: o‘zbekistonlik, madhiya, amaldorlar, Xitoyda, videosi, vaqtida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя