Главная » 2020 » Март » 9 » Madrid koronavirusning Yevropadagi yangi o‘chog‘iga aylandi
22:21

Madrid koronavirusning Yevropadagi yangi o‘chog‘iga aylandi


Ispaniyada yangi turdagi Covid-19 koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar soni mingga yaqinlashdi. Virus allaqachon 25 odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Madridning rasmiy El Pais gazetasi xabar bemoqda.

Yakshanba kuni qirollikda 552 ta yuqtirish holatlari tasdiqlangan va 10 ta o‘lim holatlari qayd etilgan edi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kungacha mamlakat bo‘ylab kamida 907 kishi koronavirusning yangi turini yuqtirgan.

Bundan tashqari, Madrid sog‘liqni saqlash kengashining ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning eng katta o‘choqlaridan biri - Madridning avtonom jamoasi -  bir kunda infektsiyalanganlar soni ikki baravarga oshib, 436 taga yetdi. Bundan tashqari, Ispaniya poytaxtida halok bo‘lganlar soni 16 kishini tashkil etdi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя