Главная » 2018 » Апрель » 12 » Madridda mo‘jiza ro‘y bermadi! “Real” yarim finalda
09:22

Madridda mo‘jiza ro‘y bermadi! “Real” yarim finalda


Evropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan “Real” – “Yuventus” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 3:1 hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Birinchi bo‘limning 2-daqiqasidayoq turinliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Sami Xediraning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Mario Manjukich boshi bilan Keylor Navas darvozasiga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Stefan Lixtshtayner o‘ng qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, bu yerda yana Manjukich Daniel Karvaxaldan ustun keldi va boshi bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘naltirdi.

61-daqiqada Keylor Navas to‘pni tutib olishda xatoga yo‘l qo‘ydi, bundan foydalangan Blez Matyudi jamoasining uchinchi golini urdi.

O‘yinning hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqasida Benatiya o‘z jarima maydoni ichida Lukas Vaskesni qo‘pollik bilan yiqitdi.

Natijada hakam penalti belgiladi va bu turinlik futbolchilarini g‘azabga keltirdi. Hatto, Buffon qizil kartochka olib maydonni tark etdi, 11 metrlik jarima zarbasini Krishtianu Ronaldu aniq bajarib jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Shu tariqa, “Real” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turinliklardan ustun keldi va YeChLning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

EChL, Chorak final.
“Real Madrid” – “Yuventus” 1:3.
Gollar: Ronaldu (90+7, penalti) – Manjukich (2, 38), Matyuidi (60).

“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Isko, Kazemiro (Vaskes, 46), Kroos, Modrich (Kovachich, 75), Beyl (Asensio, 46), Ronaldu.

“Yuventus”: Buffon, Benatiya, Aleks Sandro, De Shilo (Lixtshtayner, 17), Kellini, Pyanich, Xedira, Matyuidi, Duglas Kosta, Manjukich, Iguain (Shchensni, 90).

Ogohlantirishlar: Pyanich (17), Karvaxal (22), Mandjukich (29), Lixtshtayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90), Ronaldu (90+8).

Chetlatish: Buffon (90+3).
Ilk o‘yin: 3:0

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: madrid, real | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя