Главная » 2020 » Декабрь » 20 » Madridning Komplutense universiteti hududida Muhammad Xorazmiy haykali o‘rnatildi
15:49

Madridning Komplutense universiteti hududida Muhammad Xorazmiy haykali o‘rnatildi


Ispaniyaning eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lgan Komplutense universiteti 1499 yil tashkil etilgan. Bugun u mamlakat universitetlari orasida birinchi o‘rinda turadi.

Muhammad Xorazmiy haykali fizika, kimyo va matematika fakultetlari binolari o‘rtasida joylashgan bog‘ hududida o‘rnatildi. Bu haqda  "Dunyo" AA xabar bermoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev o‘z so‘zida buyuk mutafakkir va olim, bobokalonimiz Muhammad Xorazmiy o‘zining kashfiyotlari bilan dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini ta’kidladi.

Komplutense universiteti rektori Xoakin Goyache Goni barcha zamonlarning daholaridan biri, buyuk mutafakkir Muhammad Xorazmiy haykali universitetning Bilimlar maydonida o‘rnatilgani va bu oliy ta’lim muassasasi uchun katta sharaf ekanini qayd etdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘rnatildi, haykali, Madridning, Komplutense, Muhammad Xorazmiy, universiteti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя