Главная » 2021 » Март » 24 » Maktabda bolasini urgan asakalik o‘qituvchi ayol ishda qoldi, maktab direktori ishdan olindi
17:45

Maktabda bolasini urgan asakalik o‘qituvchi ayol ishda qoldi, maktab direktori ishdan olindi


O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ayol videosi tarqaldi. Keyinroq voqea Andijon viloyati Asaka tumanidagi 49-maktabda sodir bo‘lgani, o‘quvchini o‘z onasi urgani oydinlashgan edi.

Kun.uz bilan suhbatda o‘z farzandini urgan o‘qituvchi Madina Umaraliyeva maktab mutasaddilari ushbu videoni atay tarqatgan bo‘lishi mumkinligi haqida ta’kidlagan edi.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, 23 mart kuni shu masala yuzasidan 49-maktabda keng jamoatchilik ishtirokida majlis o‘tkazilgan. Majlisda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov ishtirok etgan. Majlisda 49-maktab direktori Umidjon Mirzaxoliqov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, farzandini kaltaklagan ayolning II guruh nogironligi bo‘lgan ikki nafar o‘g‘liga logoped-tarbiyachi biriktirilgan. Shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i kaltaklangan farzandni Asaka tumanidagi 25-sonli maktab-internatga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Majlisda ishtirok etgan Madina Umaraliyeva unga sharoitidan kelib chiqib har uch oyda bir marta moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilanganini ham ta’kidladi.

Hozirda Madina Umaraliyeva 49-maktabda o‘z vazifasida mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 49-maktab direktori Kun.uz’ga bergan intervyusida video tarqalishiga boshqa bir to‘garak rahbarini sababchi qilib ko‘rsatgan edi.

Sobiq direktorga ko‘ra, M.Umaraliyeva bundan avvalroq, 4-sinf o‘quvchisiga tanbeh bergan va bolaning ota-onasi M.Umaraliyevaning ustidan maktabga shikoyat bilan kelgan. Ota-ona videokameralardagi yozuvni ko‘rsatishni so‘rashgan va ular M.Umaraliyeva farzandini urayotgandagi holatni o‘zlariga ko‘chirib olishgan va tarqalib ketishiga sababchi bo‘lishgan. Direktor bu holatdan mutlaqo bexabar bo‘lganini aytgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, urgan, direktori, bolasini, ishdan olindi, o‘qituvchi, Asakalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя