Главная » 2017 » Январь » 3 » Maktablarda issiq ovqat qachon bo‘ladi?
18:09

Maktablarda issiq ovqat qachon bo‘ladi?


“O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladigan jurnalist Barchinoy Jo‘rayeva muallifligidagi “Bu ham muhim” tok-shousining dekabr oyi so‘nggidagi soni  xalq bilan muloqot masalalariga bag‘ishlandi. Ko‘rsatuvda davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, shu vaqtgacha hukumat idoralariga kelib tushgan murojaatlar masalasi yuzasidan fikrlar bildirdilar.
 
Yuridik fanlar doktori, professor Lola Saidova ham mazkur dasturda ishtirok etib, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan muammolardan biri haqida so‘z ochd.
 
“Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash masalasiga oid qaror e’lon qilinganiga qaramay bu mavzu hamon dolzarbligicha qolmoqda. Qani mutasaddi vakillar? Bu masala qachon hal etiladi?”, deydi Lola Saidova kuyunchaklik bilan.
 
Ko‘rsatuv xalq bilan muloqot masalalariga bag‘ishlangani uchun Lola Saidova ko‘targan masala atroflicha muhokama etilmadi. Muammoning yechimiga ham to‘xtalinmadi.  
 
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustda qabul qilingan “Ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarorining ijrosi amalda ko‘rinmayapti. Maktab o‘quvchilarini issiq ovqat bilan ta’minlash masalasi hamon muammoligicha qolmoqda.
 
Ba’zi maktablar ikki va hatto uch smenada faoliyat yuritadi. Maktab oshxonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash, malakali oshpazlarni ishga taklif etish va bu borada tadbirkorlik ishini yuritishga jalb etish bo‘yicha mas’ul idora vakillarining faoliyatini qoniqarli, deb bo‘larmikin...
 
Maktab oshxonalarida sotilayotgan bulochka, buterbrodlar issiq ovqat o‘rnini bosmasligi, ayni o‘sish davrida bo‘lgan bolalar organizimini yetarli kaloriya va kerakli fermentlar bilan to‘ldirmasligi kundek ravshan. Muammo bor, biroq uning qachon o‘z yechimini topishi hozircha mavhum. Mavzuga yana qaytamiz. 

Muhayyo Saidova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Maktablarda, qachon bo‘ladi?, issiq ovqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя