Главная » 2017 » Апрель » 5 » Maktablardagi o‘qish vaqti qachon tugashi ma’lum qilindi
21:34

Maktablardagi o‘qish vaqti qachon tugashi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga izoh berdi. Qarorda umumta’lim sohasiga oid muhim masalalar nazarda tutilgan.

Xususan, 6 yoshli bolalarni maktabga qabul qilish masalasiga oydinlik kiritilgan. Bunday hollarda 6 yoshli bola psixologik-pedagogik tashxisdan ijobiy natija bilan o‘tganidan so‘ng, u umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi mumkin.

2016/2017 o‘quv yili tugashiga oz fursat qoldi. Ayni vaqtda maktablarda to‘rtinchi chorak darslari o‘tkazilyapti. Bir muddat avval ayrim mahalliy OAV orqali bu yilgi o‘quv muddati cho‘zilishi xabar qilingandi. Xalq ta’limi vazirligi mazkur masalaga ham oydinlik kiritdi.

Umumta’lim muassasalarida o‘quv yilining davriyligi o‘zgarishsiz qoladi, ya’ni maktablardagi o‘quv yili 2 sentyabrda boshlanib, 25 mayga qadar davom etadi.

O‘quv yilining davomiyligi 33 haftadan 34 haftaga ko‘paytirildi. 1-sinflarda esa 30 haftadan 33 haftaga ko‘payadi. Haftaning 6 kunida darslar olib boriladi. Ayrim maktablarda pedagogik kengashning qarori bilan 1-sinflar uchun o‘qish davomiyligi 5 kun etib belgilanishi mumkin.

Shuningdek, o‘quv yili davomidagi ta’til muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, kuzgi ta’til 2 kunga qisqarib, 4 noyabrdan 6 kalendar kuni, qishki ta’til kuni 3 kunga uzayib, 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kuni, bahorgi ta’til kunlari esa 3 kunga qisqargan holda, 21 martdan 7 kalendar kuni qilib belgilandi. Yozgi ta’til vaqtlari esa o‘zgarishsiz qolgan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vaqti, ma’lum qilindi, qachon tugash, Maktablardagi o‘qish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя